eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro shahrida IT liderlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
    30.06.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan IT Liderlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv IT sohasida yuqori bilim darajasiga ega mutaxassis va tadbirkorlar hamda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarning ochiq muloqoti koʻrinishida tashkil qilindi.

    Tajribali IT sohasi vakillari oʻzlarining dasturlash sohasidagi tajribasi va faoliyati bilan tanishtirib, yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, bandligini taʼminlash, masofadan turib yuqori maosh olish uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi boʻyicha tavsiyalar berib oʻtdi.

    Bundan tashqari uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar IT taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi oʻquv markazlari faoliyati bilan tanishib oʻquv markazlariga oʻqishga qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati