Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park va rezident kompaniyalar vakillari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandilar
    01.07.2022

    O‘zbekiston Prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizning bir guruh faol va tashabbuskor yoshlarini “Kelajak Bunyodkori” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

    E’tirofga loyiq ko‘rilganlar orasida IT Park va IT Park rezident kompaniyasi xodimlari ham bor:

    Anvarov Oybek To‘lqinjonovich – IT Park Sirdaryo viloyati filiali rahbari;

    Iminoxunov Nuriddin Abduqahhorovich – IT Park rezidenti “EPAM Systems” kompaniyasining mahsulot bo’yicha menejeri (product manager).

    Mutaxassislarning mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi alohida e’tirof etildi.

    Oybek Anvarov 29 yoshda. Namangan muhandislik-pedagogika institutini muhandis-quruvchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan va hozirda TATUda tahsil olmoqda.

    Uning rahbarligida 150 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, 3000 dan ortiq oʻquvchilar oʻqitildi, O‘zbekistonda birinchi IT Park filiali qurildi, ko‘plab davlat idoralari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi, jumladan: Yoshlar masalalari Agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi va boshqalar.

    Oybek rahbarligi ostida Sirdaryo viloyatida ham birinchi BPO-markazi ochilib, ayni paytda 10 kishi ish bilan ta’minlangan.

    Nuruddin Iminoxunov 24 yoshda. Toshkent shahridagi Inha Universitetini dasturiy injiniring mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

    U EPAM Systems kompaniyasida 2021-yil sentabridan beri ishlaydi.

    Bundan tashqari, Nuruddin Toshkentdagi GDG (Google Developers Group) tashkilotchisi hisoblanadi. U va uning jamoasi Toshkentdagi eng yirik IT-hamjamiyatini tashkil etmoqda. Nuruddin texnologiya va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish boʻyicha turli mavzulardagi suhbatlar va seminarlar orqali bilim almashish uchun platforma yaratish orqali jamiyatni kengaytirmoqda.

    Manba: Axborot xizmati