eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston davlat gerbiga 30 yil: “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
    02.07.2022

    Joriy yilning 1-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy va maʼnaviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

    Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan tadbirda Vazirlik departament, boshqarma va bo‘limlari, hududiy boshqarmalari hamda tizimdagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalarining 200 nafardan ortiq rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

    Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda maʼruzachi sifatida qatnashgan Ijtimoiy va maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari tomonidan Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, unda belgilab qo‘yilgan normalar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati