Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Amity universitetida “Freelansingga birinchi qadam” mavzusida frilanserlikda muvaffaqiyatga erishgan IT mutaxassislar ishtirokida trening tashkil etildi
    02.07.2022

    Bugun, 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Amity Universitetida “Freelansingga birinchi qadam” mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Shuningdek, frilanserlik sohasida mavaffaqiyat qozongan va hozirgi kunda IT tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar ham qatnashdi.

    Trening ko‘rinishida tashkil etilgan ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi – freelansing yoʻnalishida yoshlarni ushbu sohaga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va oʻz ustida ishlashlariga yordam berish, shuningdek, talaba va yoshlarni frilanser orqali pul ishlash usullariga jalb qilishdan iboratdir.

    AKT vaziri Sh. Shermatov ishtirokchi-talabalarga bugungi kunda IT sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, buning zamirida yoshlarning ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishi bir necha barobarga oshganini ta’kidladi. Hozirda dunyo bo‘ylab yetuk IT mutaxassislariga bo‘lgan talab kundan kunga oshib borayotganini qayd etdi. O‘z navbatida, chetga chiqmasdan turib, O‘zbekistonning o‘zida ham internet orqali yuqori daromadga ega bo‘lish mumkinligini va buning uchun o‘z kasbining yetarlicha bilimga ega mutaxassisi bo‘lish lozimlini aytib o‘tdi. 

    Shuningdek, uchrashuv davomida IT mutaxassislar tomonidan IT yoʻnalishi va freelansing qanaqa soha ekanligini, qaysi turdagi yoʻnalishlarda ko‘proq foyda olish mumkinligi to‘g‘risida yoshlarga ma’lumotlar berildi. 

    Shu bilan birga, frilanserlikda faoliyat olib borayotgan soha vakillari ushbu yo‘nalishda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi, xorijdan pul o‘tkazmalaridagi ba’zi to‘siqlarga yechimlar, shuningdek, frilanser bo‘lish uchun qanday platformalar mavjudligi, ularni o‘rganish va foydalanish usullari haqida o‘z bilim va ko‘nikmalarini berib o‘tishdi.

    Savol-javob shaklida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga ma’lumotlar olishdi.

    Manba: Axborot xizmati