Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan onlayn o‘quv soati bo‘lib o‘tdi
    08.07.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi 2022 yil  9 iyunda O‘RQ-777-son Qonuni qabul qilingan edi.

    Shu munosabat bilan joriy yilning 8-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlari hamda hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlar va mutaxassislari bilan birgalikda onlayn o‘quv soati tashkil etildi.

    Unda Qonunning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.