Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Time management — natija va samaradorlik kafolati” maxsus o‘quv kursi tashkil etildi
    15.07.2022

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlari va xodimlari uchun “Time management – natija va samaradorlik kafolati” maxsus o‘quv kursi o‘tkazildi.

    Unda vazirlikning rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

    Ushbu “Time management – vaqtni boshqarish” kurslari tinglovchilarga vaqt resurslardan samarali foydalanish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va tezkor rejalashtirish, shuningdek, har bir xodimning samaradorligini oshirish imkonini beradi.

    Maxsus o‘quv kursi davomida muvaffaqiyatli ishtirok etgan rahbar-xodimlar vazirlikning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.

    Manba: Axborot xizmati