Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatining olis hududlari optik tarmoq orqali yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanmoqda
    20.07.2022

    Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga bo‘lgan talab ortib borayotgani sari yuqori tezlikdagi internetning kirib borishi ham hudud tanlayotgani yo‘q.

    “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizning chekka qishloqlarida ham zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

    Aytish mumkinki, ushbu yo‘nalishda Kompaniyaning Farg‘ona filiali tomonidan ham viloyat bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Faoliyatlar samarasi ularoq, hududning eng olis manzillariga ham yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i kirib bormoqda. Zaruriy infratuzilma mavjud hududlarda esa tarmoq ko‘lami kengaytirilmoqda.

    Jumladan, Filialning Furqat tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari tashabbusi bilan Tillotepa qishlog‘idan Bog‘ibo‘ston qishlog‘i aholisiga telefon va internet xizmatlaridan foydalanishlari uchun 4 km optik tolali aloqa kabeli grunt orqali yotqizib borildi.

    Ayni paytda zaruriy texnik ishlar yakunlanib, aholini tarmoqqa ulash ishlari davom ettirilmoqda.

    “Yaratilgan imkoniyat bizni behad mamnun etdi. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bugun davr talabiga aylanib bo‘lgan. Yurtimiz va dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklarni kuzatib borish uchun deysizmi yoki farzandlarimiz bilimlarini mustaqil ravishda mustahkamlashida deysizmi, bugun internet har jabhada muhim. Bugun bularning barchasi osonlashdi. Qishlog‘imizga kelgan bu yangilik orqali Prezidentimizning ma’ruzalarida aytgan so‘zlarining tasdig‘ini ko‘rdim men. Buning uchun avvalo Yurtboshimizga va soha mutasaddilariga minnatdorligimni bildiraman”, – deydi Bog‘ibo‘ston qishlog‘ida yashovchi S. A’zamxonov.

    Ta’kidlash joizki, bu boradagi faoliyatlar “O‘zbektelekom” AK tomonidan respublika bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati