Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Forishning tog‘oldi hududlari ham yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanmoqda
    28.07.2022

    Mutaxassislar internetni bejizga o‘rgimchak to‘riga qiyoslashmaydi. Boisi, bugun dunyo miqyosida undan foydalanish ko‘lami ortib bormoqda va ayni shu “o‘rgimchak to‘ri” qobig‘ida tom ma’nodagi ikkinchi dunyo – vertual olam yaralgan.

    E’tiborlisi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti mamlakatimizda ham yangi bosqichga olib chiqilmoqda. Xususan, “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari, tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bugun yurtimizda internet yetib bormagan hudud deyarli topilmaydi.

    Misol uchun, Ilonchi qishloq fuqarolar yig‘ini viloyat markazidan ancha olisda, tog‘oldi hududida joylashgan. Biroq Kompaniyaning Jizzax filiali tashabbusi bilan mazkur qishloqda aloqa sohasida yaratilgan imkoniyatlar o‘rtadagi masofani yo‘qqa chiqardi. Bugungi kunda qishloq aholisining zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishi uchun talab etiladigan zaruriy texnik sharoitlar ta’minlangan.

    Buning uchun Jizzax filiali Forish tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari tomonidan hududga 8 km optik tolali aloqa kabellari yotqizib borildi. Endilikda tog‘oldi hududi bo‘lishiga qaramay Ilonchi QFY aholisi ham zamonaviy internet va telefon xizmatlaridan qulay sharoitlarda foydalanishi mumkin.

    Manba: Axborot xizmati