Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi hamkorligida Acharya instituti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
    28.07.2022

    Ayni kunlarda Dehli shahrida Hindiston sanoat konfederatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Hindiston-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.

    Mazkur biznes-forum turli sohalardagi potentsial investitsiya loyihalarini muhokama qilish va amalga oshirish uchun maydon bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sanoat, transport aloqalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tranzit yo‘laklarini kengaytirishga xizmat qiladi.

    Shu munosabat bilan mazkur biznes forum doirasida bugun, 28-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Acharya instituti (Hindiston) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Memorandumga asosan Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida Acharya institutining O‘zbekistondagi filialini ochilish hamda kelgusida mazkur oliy ta’lim tashkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar yetishib chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov joriy yilning 19-yanvarida Acharya instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, unda ushbu institut filialini O‘zbekistonda ochish masalalari ham muhokama qilingan edi.

    Ma'lumot uchun:
    1990-yilda tashkil etilgan Acharya instituti tarmog‘i Bangalordagi eng yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biridir. Uning tarkibiga 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazlari kiradi. Acharya institutlari tarmog‘ida 75 mamlakatdan 15 mingdan ziyod talabalar va 250 nafar doktorant bor. Ta’lim 100 dan ortiq o‘quv dasturlari bo‘yicha olib boriladi.

    Manba: Axborot xizmati