Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan 3 ta yirik loyiha yuzasidan seminar o‘tkazildi
    24.08.2022

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida IT va startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha J.Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan 3 ta yirik loyiha yuzasidan seminar o‘tkazildi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida IT biznes ta’lim yo‘nalishini hamda ta’lim va tadqiqot integratsiyasini rivojlantirish uchun FabLab konsepsiyasi asosidagi ishlab chiqarish hududini tashkil etish.

    Seminarda Koreya xalqaro hakorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori – Park Sunjin xonim, Savdo-sanoat palatasi, IT-Park, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirga mazkur loyihalarning Janubiy Koreyalik hamkor tashkilotlaridan loyiha rahbarlari va vakillari tashrif buyurdilar.

    Seminarning asosiy maqsadi yuqoridagi 3 ta loyihani birlashtirgan holda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, IT va startap loyihalar ulushini oshirish, innovatsiyalar va tadbirkorlik ekotizimini yaxshilash, bu borada zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash hamda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytish hisoblanadi.

    Tadbir davomida har bir loyihaning bugungi kundagi erishilgan natijalari hamda qolgan loyihalar uchun ko‘prik vazifasini bajaruvchi jihatlari alohida muhokama qilindi.

    Janubiy Koreyaning Sunchunhyan universiteti, Gyongbuk texnoparki, Koreya texnoparklari uyushmasi, Dain liders kompaniyasi, Kukmin universiteti va boshqa tashkilotlardan qatnashgan mutaxassislar innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Koreya tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

    Seminar yakunida ishtirokchilar kelgusida startaplar tanlovi, trening va mentorlik kurlarini tashkil etish, yoshlarni ishlab chiqarish va biznes bo‘yicha bilimlarini oshirish yuzasidan seminar-treninglarni tashkil etishga kelishib oldilar.