Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park rezident – “Revotech” va AQSHning Effika Corp kompaniyasi o‘rtasida 20 million dollarlik memorandum imzolandi
    24.10.2022

    24-oktabr kuni “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatovning AQSHning Effika Corp kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda BPO sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Ushbu uchrashuv davomida IT Park rezidenti – “Revotech” va AQSHning Effika Corp kompaniyasi o‘rtasida 2023-yil uchun sug‘urta sohasida 20 million AQSH dollari miqdorida autsorsing xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha memorandum imzolandi. 

    Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu sug‘urta faoliyati O‘zbekistonda BPO sohasi uchun yangi yo‘nalish hisoblanadi.
     

    Manba: Axborot xizmati