Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Xalqaro raqamli rivojlanish”: “Ta’lim sektorini raqamli transformatsiya qilish uchun platformalar va xizmatlar” tadbiri bo‘lib o‘tdi
    25.10.2022

    “ICTWEEK Uzbekistan 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Samarqand shahrida “Ta’lim sohasini raqamli transformatsiya qilish uchun platformalar va xizmatlar” mavzusida “Xalqaro raqamli rivojlanish” tadbiri o‘tkazildi.

    Ushbu tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi va Rossiya Federatsiyasining avtonom notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    “Ta’lim sohasini raqamli o‘zgartirish platformalari va xizmatlari” mavzusidagi “Xalqaro Raqamli rivojlanish” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘shma tashabbuslarni, loyihalar va tadbirlarni jadal joriy etishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

    “Xalqaro Raqamli rivojlanish” loyihasi yirik xalqaro kompaniyalar bilan bir qatorda, bir qancha davlatlarning davlat tashkilotlari davlat boshqaruvining turli yo‘nalishlarida muloqot o‘rnatish va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshlang‘ich nuqtadir.

    Ta’lim sohasini raqamli transformatsiya qilish uchun platformalar va xizmatlar mamlakatimizda ta’lim sohasida raqamlashtirish jarayonlarini, qo‘shma loyihalar va tashabbuslarini, raqamli transformatsiya strategiyalarini har tomonlama tahlil qilish, raqamli texnologiyalarni jadal rivojlantirish, raqamlashtirish sohasida xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy qilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.

    Ushbu tadbirda oliy ta’lim muassasalarining talabalari, professor-o‘qituvchilari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talaba yoshlar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlarga Ta’lim sohasini raqamli transformatsiya qilish uchun platformalar va xizmatlar mavzusida ma’ruzalar tashkil qilindi hamda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati