Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Aqlli va xavfsiz shaharlar: eng yaxshi amaliyot va yechimlar” xalqaro raqamli rivojlanish tadbiri o'tkazildi
    25.10.2022

    Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “ICTWEEK Uzbekistan 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida  “Aqlli va xavfsiz shaharlar: eng yaxshi amaliyot va yechimlar” mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan tashkil etildi va tadbirga xorijiy davlatlardan mehmonlar taklif qilindi. 

    Raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni har bir sohaga jalb qilish masalalarida rivojlangan mamalakatlardan aqlli va xavfsiz shaharlar tajribasini o‘rganish muhimdir.

    Anjuma davomida ishtirokchilar va mehmonlarga “O‘zbekiston Respublikasida alohida hududlar misolida “Aqlli shahar”ni raqamli transformatsiyalash tajribasi”, “Alohida mintaqalar misolida Rossiyada “Aqlli shahar”ni raqamli o‘zgartirish tajribasi”, “Raqamli transformatsiya texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish va ularni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiyaning yetakchi texnologiya kompaniyalari tomonidan “aqlli shahar” yo‘nalishida qo‘llash holatlari”, “Aqlli shahar” raqamli transformatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlarining strategik sessiyasi” va “Aqlli shahar” raqamli transformatsiyasining xalqaro tajribasi” mavzularida ma’ruzalar tashkil etildi.

    Tadbir davomida ishtirokchilar va mehmonlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

    Ushbu tadbir mamlakatimizda strategik sessiya ishtirokchilarida “Aqlli shahar” yo‘nalishidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish bo‘yicha mavjud yondashuvlar haqida chuqur tushunchani shakllantirishga hamda O‘zbekiston Respublikasida 2023-2024-2030-yillarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan “Aqlli shahar” raqamli transformatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy tashabbus va loyihalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati