Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli iqtisodiyot: rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va huquqiy tartibga solish muammolari
    25.10.2022

    Samarqand shahrida “ICTWEEK Uzbekistan 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Raqamli iqtisodiyot: rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va huquqiy tartibga solish muammolari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

    Ushbu tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan tashkil qilindi.

    Ushbu tadbirda xorijning rivojlangan kompaniyasi hisoblagan KPMG va Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori malakali mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangiliklar, xorijiy tajriba va amaliyotlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

    Seminar ishtirokchilariga “Raqamli iqtisodiyotning yetukligini baholashga oid muammolar”, “Bank faoliyatini tartibga solish: kelajakka qarash”, “Elektron tijoratda tovarlarni sotib olish va sotish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy baza”, “O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish” va “Kelajakdagi Markaziy Osiyo jamiyatida AKT qonunlarining rivojlanishi to‘g‘risida” ma’ruzalar tashkil qilindi.

    Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish va raqamli iqtisodiyotni sohalarga tadbiq qilish uchun uning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash zamon talabidir. Tadbir davomida raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirish yuzasidan normativ-huquqiy baza va hujjatlar tadbir ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi va takliflar ishlab chiqildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga KPMG va Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori salohiyatli mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

    Ushbu tashkil qilingan tadbir mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlanishiga hamda uning huquqiy bazasi mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati