Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va venchur kapitalni rivojlantirish istiqbollari” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda
    25.10.2022

    “ICT Week Uzbekistan – 2022” AKT haftaligi doirasi “Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va venchur kapitalni rivojlantirish istiqbollari” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

    Turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar innovatsion texnologiyalar va moliya sektorini raqamli transformatsiya qilish, investitsiya muhitini rivojlantirish zaruriyatiga oid dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Tadbirda yetakchi bank va moliya institutlari, toʻlov tizimlari, telekommunikatsiya va IT kompaniyalari, ixtisoslashgan assotsiatsiyalar, startaplar, venderlar va regulyatorlar rahbarlari bir platformada toʻplandi.

    “Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va venchur kapitalni rivojlantirish istiqbollari” forumida fintechning jadal rivojlanishi, yangi bulutli yechimlarni joriy etish, Open Banking va APIdan foydalanish, korporativ innovatsiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar, chakana sotuvchilarga savdo hajmini oshirishga yordam beradigan Buy Now Pay Leter mahsulotlarini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

    Forumda Visa, Masterсard, Plug and Play, Fintech Start, Temenos, Tune Consulting, Iman, Alif Uzbekistan, ZoodPay va boshqa ko‘plab yirik kompaniyalarning mutaxassislari ishtirok etmoqda.

    Manba: Axborot xizmati