Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Haftalik doirasida BPO sammiti o‘tkazildi
    25.10.2022

    25-oktabr kuni “ICTWEEK Uzbekistan 2022” haftaligi doirasida BPO sammiti boʻlib oʻtdi.

    Biznes jarayonlari autsorsingi - autsorsing turlaridan biri bo‘lib, unda tashkilot ma’lum biznes jarayonlarini boshqa kompaniya zimmasiga yuklaydi.

    IT sohasiga oid dolzarb mavzularni muhokama qilish maqsadida tadbirga deyarli barcha qit’alardan, xususan, AQSh, Kanada, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belarus, Bangladesh, Italiya va boshqa davlatlar BPO kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

    Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – BPO sohasidagi yirik ishtirokchilarning O‘zbekistonda sohani rivojlantirish uchun sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish, xalqaro buyurtmalarni yanada jalb qilish, eksportga yo‘naltirilgan IT xizmatlar hajmini oshirish uchun mahalliy va xalqaro kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Jahon bankining mintaqaviy vakili Marko Mantovanelli, BMT Taraqqiyot dasturining mintaqaviy vakili Matilda Dimovska, “BACCO/DigiCon” boshqaruvchi direktori Wahidur Rahman Sharif (Bangladesh), “Software Technology Parks of India”ning sud ishlari bo‘yicha direktori Sanjay Tyagi (Hindiston) ), “Startup Odisha” kompaniyasi raisi Omkar Rai (Hindiston) tabrik nutqi bilan so‘zga chiqdi.

    Sammit doirasida logistika sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan “Revotech” BPO kompaniyasi faoliyati hamda Jahon bankining “Raqamli inklyuziya – O‘zbekiston” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Bundan tashqari, tadbir davomida “Muvaffaqiyatli global BPO biznesining asosiy omillari” mavzusida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda jahon IT-autsorsing bozorining yirik ishtirokchilari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

    Tadbir BPO mutaxassislarini tayyorlash va ishga joylashtirish, BPO kompaniyalarini texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, IT-autsorsingga jalb qilish, BPO sektorida axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi. 

     

    Manba: Axborot xizmati