Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 30 yildan ortiq Rossiya raislik qilgan Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashi raisi etib birinchi marotaba O‘zbekiston AKT vaziri saylandi
    26.10.2022

    Aloqa sohasidagi  Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashining qo‘shma 58-majlisi va MDHga a’zo davlatlarning MDH huzuridagi Axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 28-majlisi yakunlandi. 

    Unda ASHHga a’zo davlatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashining raisi etib O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov saylandi.

    AKT vazirining ushbu kengash raisi etib saylanishi O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha vazifani amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.

    Manba: Axborot xizmati