Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand shahrida yangi BPO-markazi rasman ochildi
    27.10.2022

    27-oktabr kuni Samarqand shahrida “Prime Samarkand” deb nomlangan navbatdagi BPO-markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda AKT vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

    BPO-markazini tashkil etishdan maqsad — yoshlar uchun ish o‘rinlarini yaratish, xorijiy buyurtmachi kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, kelgusida O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylanishida o’z hissasini qo’sha oladigan yuqori darajadagi IT mutaxassislarni yetishtirish va bu orqali O’zbekistondagi inson kapitalini rivojlantirish.

    Markaz rahbarlari bilan uchrashuv davomida kelajakdagi aniq rejalar borasida mavjud bir qancha masala va takliflar muhokama qilindi.

    Mazkur BPO-markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ko‘magida ochildi.

    Manba: Axborot xizmati