Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan shahrida AKT vazirligi tashabbusi bilan “Kibersport” paralimpiyadasi tashkil etildi
    21.11.2022

    O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Namangan viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar o‘rtasida “Kibersport” paralimpiyadasi o‘tkazildi.

    Ushbu paralimpiya musobaqasi nogironligi bor yoshlarning ijtimoiy hayotga moslashuviga ko‘maklashish, shuningdek, ular o‘rtasida kibersport turini keng targ‘ib qilish, yoshlar ongida IT sohasini samaradorligini oshirish maqsadida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Paralimpiya qo‘mitasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

    Musobaqada 30 dan ziyod yosh paralimpiachi yoshlar Kibesportning “FIFA” yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro yakka tartibda bellashdilar.

    Musobaqa so‘ngida ishtirokchilarga viloyatdagi barcha IT markazlarda bepul tahsil olish uchun vaucher sertifikatlar taqdim etildi.

    Manba: Axborot xizmati