Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan shahridagi maktablarga 60 ta kompyuter jamlanmasi topshirildi
    22.11.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Namangan shahridagi kompyuterlari mavjud bo‘lmagan va ma’nan eskirgan maktablar uchun 60 ta jami 417 mln so‘m qiymatdagi kompyuter jamlanmasi homiylik sifatida ajratilib, Shtabga taqdim etildi.

    Namangan shahar hokimligida tashkil etilgan “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yordam olgan yoshlarni taqdirlash marosimi”da Namangan shahridagi kompyuterlari mavjud bo‘lmagan va ma’nan eskirgan 6 ta maktabga 60 ta kompyuter jamlanmasi  “Prezident sovg‘asi” sifatida tantanali ravishda topshirildi. Jumladan, Namangan shahridagi 9-maktab (10 ta), 17-maktab (10 ta), 24-maktab (10 ta), 29-maktab (10 ta), 19-maktab (10 ta), 66-maktab (12 ta) larga taqsimlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati