Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Parkning qurilish jarayoni ketayotgan obyektlaridan birida kelib chiqqan yong'in bartaraf etildi
    23.11.2022

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida yong‘in chiqqani haqida video tarqaldi. 

    Bugun, 23-noyabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki binolarining qurilish jarayoni ketayotgan obyektlarning birida qisqa yong‘in kelib chiqqan. 

    Bu holat asosiy faoliyat ko‘rsatayotgan obyektlarda sodir bo‘lmaganini ma’lum qilamiz. Havotirga o‘rin yo‘q.

    Ushbu holat hozirda to‘liq bartaraf etildi.

    #mitc 
     

    Manba: Axborot xizmati