Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻquv markazingizni kengaytirmoqchimisiz, lekin mablagʻingiz yoʻqmi?
    26.01.2023

    IT-sanoatning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Har qanday sohada malakali kadrlarni tayyorlash uchun, eng avvalo, yuqori sifatli ta’lim bazasini yaratish zaruratdir.

    O‘zbekiston IT-ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni yoʻlga qoʻymoqda. Xususan, 27-yanvar kuni soat 9:30 da Inha universitetida “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtadi. Uning doirasida IT Bilim moliyalashtirish tashkilotining va “bilgi.uz” platformasi taqdimoti oʻtkaziladi. 

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT-bilimlarni rivojlantirish markazi direktori Farruh Rasulev va IT Park direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Mahliyo Muksinova ishtirok etadi.

    Anjumanda spikerlar yoshlarning IT sohasidagi talabgor kasblarni egallashida moliyaviy koʻmak koʻrsatish dasturlari, to‘lov-kontrakt uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sifatli va arzon ta’limni rivojlantirishda ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash haqida gapirib berishadi.

    IT Bilim faoliyatni rivojlantirish (IT Park taʼlim rezidentlari uchun) va IT-mutaxassisliklari boʻyicha (barcha xohlovchilarga) oʻqitish uchun maqsadli kreditlar ajratadi.

    bilgi.uz platformasi barcha loyiha ishtirokchilarini yagona elektron makonda mahalliylashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, IT sohasida bilim olishni xohlovchi, jumladan, moliyaviy ko‘makka muhtoj yoshlar; ta'lim muassasalari; talabgorlar (vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va boshqalar) va moliyalashtiruvchi tashkilotni oʻz ichiga oladi.

    Elektron platformada IT-yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim muassasalari va oʻquv kurslari maʼlumotlar bazasi taqdim etilgan. Platformaning boshqa xususiyatlari qatoriga nomzodlarni o‘qishga tez ro‘yxatdan o‘tkazish, nomzodning to‘lov qobiliyatini (“scoring”) tezkor tarzda tekshirish va arizani tasdiqlash; o‘quv to‘lovining o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish kabilar kiradi.

    Barchani 27-yanvar soat 9:30 da Toshkent shahridagi Inha universitetida kutamiz!

    Manba: Axborot xizmati