Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida yangi Data markazlari tashkil etiladi va Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,3 barobarga oshiriladi
    27.01.2023

    O‘zbekiston Respyblikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) hamda “MUFG Bank, Ltd” banki bilan “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

    Bu loyihalar aholi va tadbirkorlarning internet xizmatlariga o‘sib borayotgan talablarini qondirish bo‘yicha navbatdagi qadam bo‘ladi.

    Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida:

    – Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,3 barobarga oshiriladi;

    – respublika telekommunikatsiya tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,15 barobarga oshiriladi;

    – Toshkent, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida yangi Data markazlari tashkil etiladi.

    Loyihani amalga oshirishda Yaponiya eksport va investitsiya sug‘urta kompaniyasi (NEXI), Toyota Tsusho Corporation, Internet Initiative Japan, NEC va NTT Communications kabi yetakchi kompaniyalar ishtirok etadilar.

    Manba: Axborot xizmati