Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri TATU Farg‘ona filialida qurilayotgan talabalar turar joyi bilan tanishdi hamda olib borilayotgan ishlarning sifatli bajarilishi bo‘yicha topshiriqlar berdi
    02.02.2023

    Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida tadbirkor tomonidan Davlat xususiy sherikchiligi asosida yangi qurilayotgan 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishdi.

    Vazir talabalarga mos barcha shart-sharoitlarni yaratish lozimligini, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan o‘z takliflarini berdi.

    Talabalar turar joyini o‘quvchilar uchun qulay va axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan holatda topshirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

    Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri ta'lim sifatini ta'minlash va o‘qitish tizimini zamon bilan hamnafas olib borish asosiy masala ekanligini ta'kidladi.

    Manba: Axborot xizmati