Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yangi tashkil etilgan IT Park universitetining Farg‘ona viloyatidagi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    03.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida EPAM kompaniyasi hamda IT Park hamkorligida tashkil etilgan onlayn Universitetning viloyatdagi talabalari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda talabalar bilan o‘quv jarayonlari va onlayn ta’limdagi qulayliklar hamda hozirgi kunda o‘quv-semestr jarayonlari qanday o‘tayotganligi to‘g‘risida suhbatlashdi. IT sohasida yetuk mutaxassisli kadrlar yetishib chiqishi uchun sifatli ta’lim muhimligini ta’kidladi.

    Suhbat davomida vazir Sh. Shermatov onlayn ta’lim to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi hamda talabalarga o‘qish va kelgusidagi ishlarida omad tiladi.

    Manba: Axborot xizmati