Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT Park rezidenti tomonidan Buxoroda ochilgan “Vokhidov IT Akademiyasi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi
    20.02.2023

    IT Park rezidenti “Vokhidov IT Akademiyasi” IT ta’lim hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish yo‘nalishda faoliyat yuritadi.  

    Sh. Shermatov akademiya vakillari bilan uchrashuv davomida, akademiya faoliyati yanada kengaytirish va IT eksport hajmini yo‘lga qo‘yish rejalari muhokama qilindi.

    Akademiya asoschisi Shuxrat Vohidovning asosiy maqsadi Buxoro viloyatida ham masofadan turib yuqori maoshli kasb egalari ko‘p bo’lishini ta’minlash, viloyatning iqtisodiy va eksport salohiyatini oshirish.

    Akademiyada ta’lim ikki xil web va Full stack yo‘nalishlarida olib boriladi. 2023 yilda eksport ko‘rsatkichlarini yaxshilash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda Moskva shahridagi ko‘p tarmoqli klinikaning web sayti va platformasini yaratish bo‘yicha 25 ming dollarlik shartnoma imzolangan. AQSH va Shvetsiya davlatlaridagi hamkorlar bilan dasturlash yo‘nalishida BPO loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

    Faqatgina dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar hajmi 35 ming dollarni tashkil etmoqda. Shundan, tashqi bozorda 70 foiz, ichki bozorda 20 foiz va shaxsiy loyihalar 10 foiz to‘g‘ri keladi.

    Manba: Axborot xizmati