Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi
    22.02.2023

    So‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy e’tibor natijasida ma’lum o‘zgarishlarga erishilgani ta’kidlandi.

    Masalan, o‘tgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatdi (2021 yilda 2,5 trillion so‘m), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021 yilda 50 million dollar). 

    Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilib, bu xizmatlardan o‘tgan yili 12 million aholi foydalandi (2021 yilda 9 million bo‘lgan).

    Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma’lumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.

    Manba: Axborot xizmati