Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOMda xotin-qizlar ishlashiga teng imkoniyatlarni ta’minlash – ustuvor vazifalardan biridir
    07.03.2023

    Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan “O‘zbektelekom” AK yuqori pog‘onani egallab kelmoqda.

    Xususan, ayol kadrlar salohiyati 4556 nafar bo‘lsa, kompaniyada xizmat qilayotgan rahbar xotin-qizlar 49 nafarni tashkil etadi. 

    Qolaversa, UZTELECOMda faoliyat yuritib, shu bilan birga, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan hamda ish o‘rinlari yaratgan ayollar 4 nafarga yetdi.

    Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar soha yo‘nalishi bo‘yicha Kompaniya ayollari o‘rtasida donorlik qilish ham yo‘lga qo‘yildi.

    Quyida siz UZTELECOMning bir qancha fidoyilari haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz: 

    • Gulyamova Dildora – Xalqaro aloqa operatorlari bilan ishlash bo‘limi, Bosh mutaxassisi, ish tajribasi 25 yil.
    • Gnezdilova Elena – Buxgalteriya hisobi va hisobot boshqarmasi, Hisob-kitob bo‘limi boshlig‘i, ish tajribasi 16 yil.
    • Shukurova Shahnoza – Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi filiali direkori o‘rinbosari, Call-markazi boshlig‘i, ish tajribasi 17 yil.
    • Rasulova Durdona – Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi filiali, Kommunikatsiya va axborot xizmati 1-toifali mutaxassisi – 1 yil davomida faoliyat olib bormoqda.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi “O‘zbektelekom” AK faoliyatini va ayniqsa, ish jarayonida ayollar o‘rnini oshirishga bo‘lgan e’tiborni yuksak baholaydi.

    Manba: Axborot xizmati