Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan yurtimizdagi barcha ayol-qizlarimizni samimiy qutlaydi
    07.03.2023

    Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi muqaddas va mo‘tabar onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

    Bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko‘ngillarimiz yorug‘ tuyg‘ularga to‘lib borayotgan mana shunday quvonchli ayyomda ayollarimizning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligini madh etishdan charchamaymiz. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar ham ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

    Bugun ayol nafaqat ona, opa-singil yoki farzand, balki faol xodim, ustozdir. So‘nggi paytlarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan ayollarga turli darajadagi rahbarlik lavozimlarining ishonib topshirilayotgani esa ularga davlat siyosati darajasida eʼtibor, aytish joiz bo‘lsa, ehtirom ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi.

    Aziz opa-singillarimiz!

    Barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklaymiz.

    Oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘lib, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lishingizni tilaymiz.

    Oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizni tinchlik, fayz-u baraka hech qachon tark etmasin.

    Bayramingiz muborak bo‘lsin!

    Manba: Axborot xizmati