Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Germaniyaning “Duvenbeck Gmbh” kompaniyasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi
    09.03.2023

    “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi”da Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Germaniyaning “Duvenbeck Gmbh” bosh direktori Hakan Bichil bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda “Duvenbeck Gmbh” kompaniyasi bilan muzokaralarni davom ettirish va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir nechta muhim masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, mehmonlarga O‘zbekistonda xorijiy rezident kompaniyalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazildi.

    Kompaniya rahbari yurtimizda IT mutaxassislari uchun yaratib berilgan sharoitlar va imtiyozlarni e’tirof etdi. Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy tillarda bemalol gaplasha oladigan yosh kadrlar ko‘pligi hamda ular bilan ishlash muhim ekanligini alohida ta’kidladi.

    Shu bilan birga, BPO xizmatlarini Germaniya davlatiga autsors qilishda hamkorlik qilish, O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishda Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati