Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir o‘rinbosari TATU Samarqand filiali talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
    11.03.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Samarqand viloyatiga amaliy tashrifi davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda talaba yoshlarga joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida bo‘lib o‘tgan “Tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda kelgusidagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilishining mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

    Bunda talabalarga yaratib berilayotgan sharoitlar hamda imtiyozlar, turli tanlov va musobaqalar, Respublikada raqamlashtirish jarayonining holati va dinamikasi, so‘nggi uch yilda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida maʼlumotlar berilib, talabalarning fikrlari va takliflari eshitildi.

    Uchrashuv davomida talabalar vazir o‘rinbosari bilan bevosita muloqot o‘tkazishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

    Manba: Axborot xizmati