Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir Surxondaryo viloyatida IT Park filialini tashkil etish uchun taklif etilayotgan binolar holati bilan tanishdi
    13.03.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida IT Park filiallarini tashkil etish uchun taklif etilayotgan “O‘zbekiston Pochtasi” AJ Surxondaryo filiali binosi hamda Termiz shahri markazidagi binolar holati bilan tanishdi.

    Tanishuv jarayonida taklif etilayotgan binolarning joylashuv joyi, sohaga qiziquvchi yoshlar uchun qulaylik tomonlari hamda binolarni IT Park faoliyatiga moslashtirish imkoniyatlari va boshqa holatlarni inobatga olgan holda o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Viloyatda IT Park filialini tashkil etilishi AKT sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

    Manba: Axborot xizmati