Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • U-PAY kompaniyasi asoschisi bilan navoiylik yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
    10.04.2023

    Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida U-PAY kompaniyasi asoschisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish, ulardagi iqtidorni erta aniqlash orqali zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga, dasturlash, WEB dizayn, grafika va robototexnika hamda SMM yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislar etib tayyorlashdir.

    U-PAY kompaniyasi asoschisi Begzod Botirov o‘zining muvaffaqiyatga erishish sirlari hamda faoliyati davomida bosib o‘tgan qiyinchiliklarni ham xotirlab, bugungi kunda mamlakatimizdagi eng ilg‘or IT kompaniyasini boshqarayotganligini mamnuniyat bilan so‘zlab berdi. 

    Uchrashuv davomida o‘quvchi va talaba yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat etib, qizg‘in suhbat tarzida o‘zaro fikr almashildi. Mazkur tadbir yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otib, kelgusida shu kabi uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib turish bo‘yicha Raqamli texnologiyalari vazirligining Navoiy viloyati hududiy sho‘basi hamda IT-Park tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni hamkorlikda tashkil qilish bo'yicha kelishib olindi. Tashkil etilgan tadbirda 200 dan ortiq faol yoshlar ishtirok etdi.

     

    Manba: Axborot xizmati