Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT sohasida kadrlar tayyorlovchi qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida onlayn ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
    12.04.2023

    Bugun, 12-aprel kuni maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida IT universitetlari vakillari bilan onlayn ochiq muloqot tashkil etildi.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ochiq muloqotda yurtimizdagi IT sohasida kadrlar tayyorlovchi qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘z oliygohlarining mavjud imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

    Xususan, Yangi O‘zbekiston universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, INHA, Amiti universitetlari, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti, “IT Park University” universitetlaridagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

    Shuningdek, taqdimotlar orqali mazkur universitetlardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

    IT sohasida bilim va iqtidorga ega yoshlarni ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, sifatli ta’lim berish hamda mamlakatimiz rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadigan mutaxassislar qilib tarbiyalash  asosiy vazifalardan biridir.

    Bugungi kunga kelib IT sohasi jadallik bilan rivojlanib, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda.

    Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga qiziqtirish, motivatsiya berish, yuqori daromad va investitsiya keltiruvchi sohalarga jalb etishga katta xizmat qiladi. 

     

    Manba: Axborot xizmati