Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbek kibersportida yangi rekord
    13.04.2023

    Ilk bor Kibersport bo‘yicha chempionatda 3000 nafarga yaqin kibersportchilar ishtirok etadi.

    Hurmatli Uzbekistan Esports Championshiprespublika chempionati ishtirokchilari!

    Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanganligini ma’lum qilamiz.

    Yurtimizda birinchi marotaba bo‘lib o‘tadigan kibersport yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati doirasida maxsus portal orqali 2894 ta kibersportchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Kibersportning 5 turi bo‘yicha jami 770 dan ziyod jamoalar shakllantirildi.

    Turnirning birinchi bosqichi 12-aprel kuni boshlandi, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash jarayonida jamoalar guruhlari shakllanadi.

    Chempionatning yarim-final va final bosqichlari Toshkent shahrida 5-8-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Yarim-final bosqichiga o‘tgan kibersport jamoalarining kelib-ketishi va joylashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

    Eslatib o‘tamiz, chempionatning mukofot jamg‘armasi 332 mln so‘mni tashkil etadi va qo'shimcha homiylik mablag‘lari jalb etilishi ham mumkin.

    Manba: Axborot xizmati