Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida “PCCW” operatori rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ushbu kompaniyaning 5G yechimlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, Gonkong shahridagi zamonaviy LTE/5G mobil aloqa tarmoqlarini qurish, kengaytirish va joriy etilishi bo‘yicha ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishildi hamda raqamlashtirish va telekommunikatsiya sohalarini rivojlantirish strategiyasi, jumladan, yangi mobil aloqa texnologiyalaridan foydalanish usullari bo‘yicha tajribalar almashildi.
Uchrashuvdan so‘ng “PCCW” operatori “Data markazi”ga tashrif uyushtirildi.
Tashrif chog‘ida Data markazning imkoniyatlari, u yerda yaratilgan infratuzilma hamda Data markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ijobiy tajriba almashinildi.
Ma’lumot uchun: “PCCW” kompaniyasi Gonkongda joylashgan axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya bo‘lib, Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika va Amerikada faoliyat yuritadi. Kompaniya asosan kichik, o‘rta va katta kompaniyalarga AKT xizmatlarini ko‘rsatadi.
Manba: Axborot xizmati