Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ESRI xalqaro strategiyasi vakillari bilan muhim masalalar muhokama qilindi
    26.04.2023

    Intercontinental Tashkent (Trilliant)da bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kosmik texnologiyalar konferensiyasi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ESRI (AQSH) xalqaro strategiyasining Yaqin sharq va Shimoli-sharqiy Afrika mintaqasi bo'yicha menejeri Mohamed Issa bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda ESRI kompaniyasi bilan hamkorlikning hozirgi holati, raqamlashtirish vazifalari doirasida davlat tuzilmalari tajribasini hisobga olib, biznes-jarayonlarni mahalliylashtirish va O'zbekistonning IT sohasidagi eksport salohiyatini rivojlantirish masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, Markaziy Osiyo strategik joylashuvi, tabiiy resurslari va rivojlanayotgan iqtisodiyoti tufayli jahon kosmik texnologiyalar bozorida salmoqli salohiyatga ega ekanligi, kosmik texnologiyalar kundalik hayotga tobora ko‘proq integratsiyalashgani sayin Markaziy Osiyoda ularga bo‘lgan talab dinamik ravishda o‘sib borayotgani ta’kidlandi. 

    Shu bilan birga, uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekistonni mantaqaviy IT-xabga aylantirish maqsad qilingani va bu borada qilanayotgan ishlar, telekommunikatsiya sohasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

    O‘z navbatida, boshqa davlat va xususiy kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati