Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yaponiya xalqaro hamkorlik banki hamda Toyota Tsusho Corporation kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    26.04.2023

    Bugun, 26-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) hamda Yaponiyaning Toyota Tsusho Corporation korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Uchrashuvda respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish holati hamda mazkur yo‘nalishni rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi.

    O‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va raqamli texnologiyalar sohasida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishildi.

    Manba: Axborot xizmati