Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori bilan aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va qo‘shma loyihalarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi
    27.04.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Uchrashuvda IT sohasida hamkorlikni davom ettirish, IT sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish, IT xizmatlar eksportini rivojlantirishda birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi. 

    Shuningdek, uchrashuvda chekka hududlarda aloqa sifatini yanada yaxshilash, IT yo‘nalishida tahsil olgan yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash va BPO xizmatlar eksportini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas’uliyati siyosatini IT-ta’lim yo'nalishiga yo‘naltirish taklifi berildi.

    O‘z navbatida, kompaniya vakillari tomonidan IT-ta’limga ixtisoslashtirilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 

    Uchrashuv chog‘ida raqamli texnologiyalar va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

    Manba: Axborot xizmati