Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Germaniyaning O‘zbekistondagi IT universitetlari va yurtimiz yetakchi universitetlari o‘rtasida IT yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
    27.04.2023

    Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT sohasida faoliyat yuritayotgan univestitetlar rahbarlari hamda Germaniya Federativ Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimizda so‘nggi yillarda axborot texnologiyalari sohida bo‘layotgan rivojlanish tendensiyalari hamda raqamli ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, shunindek, raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.

    Shuningdek, Germaniyaning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan IT universitetlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

    Jumladan, Germaniyaning Erfurt amaliy fanlar universiteti, Ilmenau texnika universiteti, Friedrich-Schiller universiteti, Shmalkalden universiteti hamda O‘zbekistonning Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti, Toshkent shahridagi Amity universiteti, Toshkent xalqaro taʼlim universiteti, “IT Park University” universitetlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.

    Manba: Axborot xizmati