Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi
    28.04.2023

    Toshkent shahrida 27-28-aprel kunlari “Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2023” bo‘lib o‘tdi. Bugun, ushbu forum doirasida “Elektron tijorat: yangi istiqbollar va imkoniyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan penel sessiyasi o‘tkazildi.

    Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, elektron tijorat istiqbollari, yurtimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    Jumladan, dunyo bo‘ylab elektron tijorat sohasiga bo‘lgan talab tezlik bilan ortib borayotgani, ayniqsa, pandemiya davrida odamlarning ko‘proq vaqt uyda qolishi o‘z o‘zidan onlayn xizmatlar sohasiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshganini ta’kidladi. Bu esa elektron tijorat sohasida amalga oshirish lozim bo‘lgan kamchiliklarni ham ko‘rsatib berdi.

    Endilikda O‘zbekiston sharoitida ham insonlar o‘z uylaridan turib maxsus platformalar orqali oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtma qilish imkoniyati yanada rivojlanib, savdo, tijorat kabi yo‘nalishlarda daromad topish imkoniyatiga ham ega bo‘lib bormoqda.

    Forum davomida xorijiy kompaniyalar vakillari elektron tijorat sohasida ham O‘zbekistonning jozibardorligi oshib borayotganini ta'kidlab, onlayn bozorni yanada rivojlantirish va uning istiqbollari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    Shuningdek, raqamli eko tizim, iste’molchilarni yetarlicha onlayn elektron xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha fikrlar tinglandi.

     

    Manba: Axborot xizmati