Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UNICEF tashkiloti bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    01.05.2023

    Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov UNICEF tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida UNICEF tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihalar, jumladan, qizlarning IT sohasidagi ko‘nikmalarini yanada oshirish, hamda ICT4Girls loyihasini davom ettirish, shuningdek, yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

    Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, maktab o‘quvchilariga kompyuter olishlari uchun imkoniyatlarni ko‘paytirish hamda respublika chekka hududlarida internet tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati