Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab “Maktabning eng yaxshi logotipi” tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov 2018 yilning 4 dekabridan 2019 yilning 8 yanvariga qadar davom etadi.
Tanlovda reklama va marketing sohasidagi professionallar ham, istalgan xohlovchilar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 20 million soʻmni tashkil etadi. Gʻolib – 15 million soʻmni qoʻlga kiritadi. Ikkinchi oʻrin sohibiga – 3 million soʻm, uchinchi oʻringaesa – 2 million soʻm taqdim etiladi.
Taqdim etilajak logotipga nisbatan asosiy qoʻyiladigan talablar quyidagicha: yoʻnalishga bogʻliqlilik, oʻziga xoslik, originallik, esda qolish xususiyati, ifodaviylik (maʼnodorlik).
Tanlov yakunlari 2019 yil 16 yanvarda maʼlum qilinadi.
Ishlar elektron shaklda, xatga “Maktabning eng yaxshi logotipi” mavzusi koʻrsatilgan holda info@akss.uz elektron manzili yoxudmuhrlangan konvertda Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani,
Tepamasjid koʻchasi, 4-uy manzilida qabul qilinadi.
Batafsil maʼlumotni www.akss.uz saytida hamda +99893 376-67-77 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.
Manba: Axborot xizmati