Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • YeXHT bilan AKT sohasidagi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi
    30.01.2019

    28 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha departamenti rahbari Rasa Ostrauskayte xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B. Olmatov YeXHT vakillariga “Oʻzbekiston Respublikasiga AKT sohasidagi transmilliy tahdidlarga qarshi kurash salohiyatini mustahkamlashda koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirishda koʻrsatilgan koʻmak hamda amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.

    Rasa Ostrauskayte xonim ushbu loyihani amalga oshirishda hamkorlikdagi faoliyatning muvaffaqiyatlarini alohida eʼtirof etdi.

    Tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelgusida ham amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati