Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda KOICA bilan hamkorlikdagi “Integrated systems TUIT” loyihasini amalga oshirishning 1-bosqichi yakunlandi
    02.02.2019

    31-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)da KOICA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetda KOICA hamkorligidagi “Integrated systems TUIT” (TATUda intergatsiyalangan axborot tizimi) loyihasini amalga oshirishning 1-bosqichi yakunlari muhokama qilindi. 

    Bundan tashqari, ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida bajariladigan ishlar hajmi, yoʻnalishlari va grafigi kelishildi hamda tasdiqlandi.

    TATU, shuningdek, TATU Samarqand filiali vazifalari va roli, bosh loyihani samarali  ishlab chiqish uchun manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Hozirgi holati va muhiti, shuningdek, loyiha muvaffaqiyati asosiy omillarining (Critical Success Factors) batafsil tahlili oʻtkazildi.

    Manba: Axborot xizmati