Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

O‘zbekistonni yangi IT autsorsing xabiga aylantirishda xorijiy davlatlardagi elchilarimiz bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Bugun, 22-dekabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida (IT Park) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

22.12.2022

Qozog‘iston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

22.12.2022

IT haftalikka start berildi

IT Park Farg’ona filialida IT haftalikka start berildi.

Ushbu haftalik o’zida hakaton, ideaton, workshop hamda kibersport dasturlarini qamrab oladi.  Tadbir esa dasturchilar uchun 2 kunlik Hakaton musobaqasi bilan boshlanib, unda 24 ta jamoa qatnashmoqdalar.

20.12.2022

IT-sertifikatni qo'lga kiriting va keshbek oling!

Xalqaro sertifikatga ega, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan fuqarolarimiz my.gov.uz orqali ariza topshirib, o‘qishga sarflagan xarajatlarining 50 foizini qaytarib olishlari mumkin.

19.12.2022

Endi chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga onlayn joylashtirishlari mumkin

My.gov.uz'da ishga tushgan yangi qulaylik tufayli O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza bera oladilar.

19.12.2022

Sirdaryoda dasturchi yoshlar o‘rtasida “Hackathon” tanlovi o‘tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va IT Park viloyat filiali hamkorligida dasturchi yoshlar o‘rtasida “Hackathon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

16.12.2022

“O‘zbekistonda Gender raqamli tafovutni bartaraf etish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Bugun, 15-dekabr kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekistondagi BMT ning taraqqiyot dasturi, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) va boshqa xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda Gender raqamli tafovutni bartaraf etish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

15.12.2022

AKT vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada bir nechta loyihalar bilan tanishdi hamda Anglashuv memorandumlari imzoladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

15.12.2022

Oliy Majlis qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan “Hukumat soati”da AKT vaziri hisoboti eshitilib, deputatlar savollariga javoblar berildi

2022-yil 14-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasini bilan belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildilar.

14.12.2022

“Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish chora-tadbirlari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi

Bugun, 14-dekabr IT Park majmuasida “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish chora-tadbirlari” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

14.12.2022