Bugun, 23-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “IT mutaxassis kadrlarni tayyorlash, IT-Park tomonidan amalga oshirilgan ishlar va Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, vazir maslahatchisi Kamola Sobirova , IT Park direktori Farhod Ibragimov, shuningdek, vazirlik rahbar-xodimlari ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan.
Bu borada 1 apreldan “Elektron hukumat”, “Biznes uchun dastur”, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan respublika tanlovi boshlanadi.
Misol uchun, Toshkent shahrida aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan portal ishga tushirildi.
IT sohada dasturiy mahsulot ishlab chiqarishda ham, eksportda ham hududlar kesimida nomutanosiblik kuzatilayotgani, asosiy qism Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotgani ko‘rsatib o‘tildi.