Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Kiberjinoyatchilik: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” nomli dissertatsiyaga annotatsiya
    30.06.2020

    Ushbu dissertatsiyada muallif kiberjinoyatchilik, kiberjinoyat, kiberxavfsizlik, kibermakon va ularga aloqador boʼlgan tushunchalarning taʼrifi, mazmun-mohiyati, kiberjinoyatning kelib chiqish tarixi, bugungi rivoji, boshqa jinoyatlar bilan oʼzaro farqli xususiyati, ularning turlari, yuridik tavsifi, kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik va jazo masalalari, kiberxavfsizlikni taʼminlash istiqbollari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktikasi, kiberjinoyatlarni tergov qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlikni taʼminlashga vakolatli organlarni belgilashga oid masalalar bilan bir qatorda kiberjinoyatning mamlakatimiz kelajagi uchun qanchalik zararli ekanligini amaliy misollar bilan tushuntirib bergan va ushbu xavfning oldini olish uchun milliy, xorijiy va xalqaro qonunchilikni ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etgan.

    Mazkur dissertatsiyadan Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Аkademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi hamda boshqa oliy va oʼrta maxsus oʼquv muassasalarining oʼqituvchilari, oʼquvchilari, ilmiy xodimlari va va talabalari, huqushunoslar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek, ushbu soha boʼyicha ilmiy ish qilayotgan mutaxassis olimlar foydalanishi mumkin.

    Manba: Axborot xizmati