Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2021 yil 17 iyun
Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash: 2021 yil 19 aprel, soat 9 00 dan
Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish: 2021 yil 18 may, soat 17 00 gacha
Tanlovni o‘tkazuvchi: Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi
Tanlov o‘tkazish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislar zali
Ma’lumot uchun telefon: Hukumat uyi, Komissiya ishchi guruhi 71 239 84 57, 71 239 81 89
Buyurtmanomalarni qabul qilish: Buyurtmanoma va ilova qilinadigan hujjatlar elektron shaklda
(*pdf formatda, maks. 10 MB) mkk@gov.uz yoki mkk@exat.uz elektron pochta manziliga yuboriladi.
Buyurtmanomaga Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi lisenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 10-bandida keltirilgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilib, ilova qilinadi.
Radiochastota |
Uzatkich quvvati |
Tarqatish hududi |
Radioelektron vositalar o‘rnatilgan manzil |
|
|
RAQAMLI TELEEShITTIRIShLAR MUL'TIPLEKSIDA TELEDASTURLARNI TARQATISh |
|||||
11 |
DVB-T2 40 TVK 622-630 МHz |
2 kW |
qisman Qashqadaryo viloyati |
Odamtosh RTS |
|
21 |
DVB-T2 41 TVK 630-638 МHz |
1 kW |
Qarshi shahri va atrof tumanlar |
Qarshi RTS |
|
31 |
DVB-T2 47 TVK 678-686 МHz |
5 kW |
Urganch shahri va atrof tumanlar |
Urganch RTS |
|
FM DIAPAZONDA RADIODASTURLARNI TARQATISh |
|||||
4 |
90,8 МHz |
1 kW |
Toshkent shahri va atrof tumanlar |
Toshkent shahri, Navoiy 69 |
|
5 |
102,0 МHz |
1 kW |
Toshkent shahri va atrof tumanlar |
Toshkent shahri, Navoiy 69 |
|
6 |
101,0 МHz |
1 kW |
Toshkent shahri va atrof tumanlar |
Toshkent shahri, Navoiy 69 |
|
7 |
103,5 МHz |
1 kW |
Toshkent shahri va atrof tumanlar |
Toshkent teleminorasi |
|
8 |
107,2 МHz |
1 kW |
Toshkent shahri va atrof tumanlar |
Toshkent teleminorasi |
|
9 |
101,0 МHz |
1 kW |
Buxoro shahri va atrof tumanlar |
Buxoro RTS |
|
10 |
101,0 МHz |
200 W |
Samarqand shahri |
Cho‘pon-ota RTS |
|
112 |
104,5 МHz |
100 W |
Samarqand shahri |
Cho‘pon-ota RTS |
|
12 |
101,0 МHz |
1 kW |
Urganch shahri va atrof tumanlar |
Urganch RTS |
|
13 |
107,5 МHz |
1 kW |
Urganch shahri va atrof tumanlar |
Urganch RTS |
|
14 |
101,0 МHz |
1 kW |
Qo‘qon shahri va atrof tumanlar |
Qo‘qon RTS |
|
15 |
101,0 МHz |
300 W |
Navoiy shahri |
Navoiy RRS |
|
16 |
101,0 МHz |
300 W |
Qarshi shahri |
Qarshi RTS |
|
17 |
106,0 МHz |
300 W |
Termiz shahri va atrof tumanlar |
Uchqizil RTS |
|
1 - “RRTM” DUKga tegishli raqamli teleuzatkichlar mul’tipleksiga shartnoma asosida kiritiladi.
2 - “RRTM” DUKga tegishli radiouzatkich shartnoma asosida ajratiladi.
Tanlov shartlari:
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, ta'sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat ko‘rsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga lisenziya da'vogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun lisenziya da'vogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tanlov takliflari ko‘rib chiqilishi uchun lisenziya da'vogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyasiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga lisenziya berish uchun to‘lanadigan davlat bojining yillik summasiga teng zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;
tegishli organlarning teleradioeshittirish ob'ektlarining qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa (ijara shartnomasi va boshqalar).
Lisenziya olishda moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi.
Lisenziya talablari va shartlari:
Lisenziyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishda quyidagi lisenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:
faoliyat sohasi boyicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;
janr va mazmun jihatidan xilma-xil bo‘lgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat ma’naviy extiyojlariga mosligini ta’minlash;
teleradiodasturlarni davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;
qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud bo‘lgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio ko‘rsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;
xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-ko‘rsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;
telekommunikasiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish ob'ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va xavfsizlik rejimini ta'minlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa lisenziya talab va shartlarining bajarilishi.
Pul o‘tkazish uchun to‘lov rekvizitlari va bank hisob raqamlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 71 238 41 56 telefon raqamiga murojaat qilib, batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
To‘lovlarni amalga oshirish uchun bank rekvizitlari
|
|
Hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun : Mablag‘ oluvchi: O‘R AT va KRV ShXV 400 110 860 262 777 046 101 078 001 STIR 201 221 770 OKONX 97 300 Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi x/r: 23402 000 300 100 001 010 Bank nomi: XKM MB O‘zR Toshkent shahri Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919 |
Zakolat uchun: Mablag‘ oluvchi: O‘R AT va KRV ShXV 401 410 860 262 777 046 101 078 001 STIR 201 221 770 OKONX 97 300 Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi x/r: 23402 000 300 100 001 010 Bank nomi: XKM MB O‘zR Toshkent shahri Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919
|
(Tashkilot blanki)№____2021 yil «___» __________ |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga |
Umumiy ma’lumotlar:
1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi:
2. Yuridik manzili:
3. Telefon, faks raqamlari:
4. Ommaviy axborot vositalarining nomi:
5. Eshittirishlar mavzular bo‘yicha yo‘nalishi va nomi:
6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari:
Umumiy
O‘zi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar
7. Eshittirishlar hajmlari:
davlat tilida
rus tilida
boshqa tillarda
8. Reklamaning mo‘ljallanayotgan hajmlari va davriyligi
Texnik ma’lumotlar:
9. Tanlov to‘g‘risidagi e’longa muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali:
10. Turg‘un studiya uskunasining mavjudligi:
11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt:
12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli:
13. Uzatuvchi stansiyani o‘rnatish punkti:
14. Antennaning taxminiy balandligi ko‘rsatilgan holdagi o‘rnatish joyi, m:
15. Rejalashtirilayotgan xizmat ko‘rsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni:
16. Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar ko‘rsatishning kafolatlangan muddati:
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1. _________________________________________________________
2. _________________________________________________________
3. _________________________________________________________
Birinchi rahbar imzosi __________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)
M.O‘. 2021 yil «___»________________
Ariza ko‘rib chiqish uchun 2021 yil «___»____________da qabul qilindi.
_______________________________________
(Mas’ul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)