Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUning Nurafshon filiali tashkil etildi
    07.05.2021

    «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (288-son, 07.05.2021-y.) qabul qilindi.

    Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:

    Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali;

    Universitet Axborot-resurs markazida «Raqamli kutubxona».

    Aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida dasturlash, robototexnika, «Buyumlar interneti», sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

    Qaror bilan Universitet huzurida faoliyat yurituvchi, oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar (11 ta) tashkil etiladi.

    Filial va texnikumlar yuridik shaxs maqomiga ega Universitetning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.

    Filial va texnikumlarda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi.

    Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qo‘shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

    Filial hamda Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi binosini qurish uchun yer maydoni Toshkent viloyatining Nurafshon shahri «Nurafshon business city» hududidan ajratiladi.

    Manba: Axborot xizmati